«Çelsi» jamoasi himoyaçisi Jon Terri mavsum yakunida London klubini tark etadi. Bu haqda jamoa matbuot xizmatida rasman xabar qilingan.
Futbolçining özi ham jamoa bilan mavjud şartnoma uzaytirilmaganini tasdiqladi.
Şu tariqa, «Stemford Bridj»da 22 yil ötkazgan 36 yoşli futbolçi jamoadan ketadigan böldi.
Terri bu vaqt içida asosiy jamoa safida 713 öyin ötkazgan, bu uçraşuvlarda 66 gol urgan. Jamoaning köp yillik sardori londonliklar bilan APLda 4 marta ğolib bölgan, 5 marta Angliya Kubogi, 3 marta Angliya Ligasi Kubogi, bir marta Çempionlar ligasi ğolibligii, bir marta Yevropa Ligasi ğolibligi qölga kiritilgan.
Bundan avvalgi xabarlarda, Terri Amerika ligasiga yöl olişi mumkinligi yoki Angliyadagi «Stok Siti», «Vest Bromviç» yoki «Bornmut» klublaridan biriga ötişi mumkinligi aytilgandi.
Jamoa boş murabbiyi Antonio Konte Terrining örniga «Sauthempton»dan Virjil van Deykni xarid qilişni rejalaştirgan.












