Bugun, 17 aprel kuni Duşanbedagi "Poytaxt-90" savdo majmuida Özbekiston tovar işlab çiqaruvçilarining körgazma-yarmarkasi oçildi. Unda sanoatning turli sohalaridagi 160 işlab çiqaruvçi öz mahsulotlarini namoyiş qildi. Körgazma 20 aprelga qadar davom etadi. 

"Uşbu körgazma davlat rahbarlarining savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş, sarmoyalarni jalb qiliş, qöşma korxonalarni taşkil qiliş, ikki tomonlama tovar ayirboşlaş körsatkiçlarini kötarişga qaratilgan sa'y-harakatlari natijasidir", - dedi Tojikiston Respublikasining Sarmoyalar va davlat mulki böyiça qömitasi raisi Qahhorzoda Fayziddin Sattor.

Uning sözlariga köra, 19 aprel kuni ötkaziladigan Tojikiston va Özbekiston işbilarmon doiralarining  biznes-forumi mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş uçun qöşimça platforma bölişi mumkin.

U sönggi paytlarda respublikalar örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning faollaşgani va bu quvonçli hol ekanini ta'kidladi. Ötgan yilning özida Özbekiston va Tojikiston örtasidagi tovar ayirboşlaş 2015 yilga nisbatan 5,7 barobar oşgan va hozirda 69,2 million dollarni taşkil qiladi. 

"Biz bu aloqalarning kengayişidan manfaatdormiz va ularga erişiş uçun barça imkoniyatlarimizni işga solişga tayyormiz", - dedi Davlat investitsiya qömitasi raisi.

Özbekistonning Tojikistondagi favqulodda va muxtor elçisi Şoqosim Şoislomov körgazma özbek-tojik munosabatlarida yangi bosqiçini ifodalaşini ta'kidladi. Ta'kidlaş joizki, körgazmada iştirok etiş uçun 400 dan ziyod özbekistonlik Duşanbega yetib kelgan.