28 nafar prezident va boş vazirlar Pekindagi «Bitta kamar — bitta yöl» strategiyasi doirasidagi xalqaro hamkorlik böyiça oliy darajadagi forumda iştirok etişini tasdiqladi. Bu haqda XXR TIV rahbari Van I seşanba kuni maxsus brifingda ma'lum qildi.
«XXR raisi Si Jinpingning taklifini 28 nafar davlat va hukumat rahbarlari tasdiqladi», - degan Van I.
Van Ining sözlariga köra, forumda iştirok etişni Özbekiston, Argentina, Belarus, Çili, Çexiya, Indoneziya, Qozoğiston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Şveytsariya, Turkiya, Vetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Gretsiya, Vengriya, Italiya, Malayziya, Möğuliston boş vazirlari, Myanma davlat kotibi, şuningdek, Pokiston, Polşa, Serbiya, Ispaniya, Şri-Lanka boş vazirlari tasdiqlaşgan.
Uning ta'kidlaşiça, XXR raisi Si Jinping forumning oçiliş sessiyasida nutq sözlaydi hamda forumda iştirok etiş uçun kelgan mamlakat rahbarlari bilan muloqot qiladi.
Van Ining sözlariga köra, yiğiliş 15 may kuni bölib ötadi. Unda mamlakat rahbarlari va boş vazirlaridan taşqari, BMT boş kotibi, Xalqaro valyuta jamğarmasi boşqaruvçi direktori, şuningdek Jahon banki prezidenti qatnaşadi. Forum yakuni böyiça «Bitta kamar — bitta yöl» strategiyasini amalga oşiriş böyiça hamkorlik haqida kelişuv imzolanadi. Uning sözlariga köra, forumda hammasi bölib 1,2 mingdan ortiq kişi iştirok etadi.
Xitoy 2013 yilda «Bitta kamar — bitta yöl» iqtisodiy rivojlanişning yangi strategiyasi haqida ma'lum qildi. U Yevroosiyo davlatlari örtasidagi özaro aloqalarni yölga qöyiş va infratuzilma yaratişga yönaltirilgan. Strategiya ikki muhim rivojlaniş yönalişiga ega: Buyuk ipak yölining iqtisodiy kamari va dengizdagi Buyuk ipak yöli. Gap Şarqdan Ğarbga imtiyozli şartlarda mahsulotlarni töğridan-töğri yetkazib beriş böyiça savdo yölagini taşkil etiş haqida bormoqda.
Avvalroq Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev iştirokidagi anjumanda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev may oyida Xitoyga işçi taşrifini amalga oşirişi ma'lum qilingani haqida xabar bergandik.













