Tarmoqda Skoda’ning kontseptual kupesifat yöltanlamasi - Vision E rasmiy fotosuratlari paydo böldi. Avtomobil keng ommaga uşbu haftada Şanhaydagi avtosalonda namoyiş etiladi.
Nusxa uzunligi 4645 millimetr bölib, eni – 1917, balandligi esa - 1550 millimetrga teng. Ğildirak bazasi hajmi esa 2850 millimetrni taşkil etadi. Maşina dizaynining eng yorqin jihatlaridan biri – bu takrorlanmas nurdiodli asosiy çiroq faralari bölib, u Volkswagen konsernining MEB modulli negizida yaratilgan hamda elektromobillar uçun maxsus işlab çiqildi.

Autohome saytining yozişiça, kupesifat yöltanlamas «folksvagenli» modul negizida qurilgan. Yangilik elektr kuç qurilmasi bilan jihozlangan bölib, umumiy quvvati 306 ot kuçini taşkil etadigan ikkita elektromotordan iborat. Maşinaning maksimal tezligi – soatiga 180 kilometr, yuriş masofasi zaxirasi – 500 kilometr.

Salonda beşta ekran, smartfonlar uçun bir neça simsiz quvvatlantiriş qurilmasi va avtomobil eşiklari oçilganda 20 darajaga qayriluvçi örindiqlar bor. Örindiqlar eşiklar yopilganda özining odatiy holatiga qaytadi. Bundan taşqari, nusxa avtonom boşqaruv tizimiga ega bölib, u harakat polosasini özgartirişi va avtomobilni tirbandlikda boşqarişi mumkin.

Skoda Vision E seriyali işlab çiqarilişi bilan boğliq masala hozirça noma'lum. Avvalroq kompaniyada markaning birinçi elektrokari 2020 yoki 2021 yilda paydo bölişi ma'lum qilingandi.












