17 aprel, seşanba kuni Turkiya şarqidagi Tunjyeli provinsiyasida vertolyot halokatga uçradi. Bu haqida NTV telekanali xabar berdi.
Manbaga köra, vertolyot bortida 14 kişi bölgan. Ulardan 8 nafari - politsiya xodimlari va ikki sudya.
Ta'kidlanişiça, Sikorsky vertolyoti Turkiya politsiya departamentiga tegişli.
Provintsiya gubernatorining taxminlariga köra, vertolyotning qulaşiga noqulay ob-havo şaroiti sabab bölgan. Voqea joyiga qutqaruvçilar jönatilgan.
Jabrlanganlar haqida hozirça heç qanday ma'lumotlar yöq.












