AQŞ-Meksika çegarasida devor qurilişi qiymati taxminan 66,9 mlrd dollarni taşkil qiladi. Bu haqda AQŞ kongressining milliy xavfsizlik va hukumat idoralari qömitasiga kiruvçi demokrat senatorlar yordamçilari tomonidan tuzilgan hisobotda aytilgan. Aynan şu qömita devor qurilişi loyihasini nazorat qiladi.

"Har bir milga (1,6 km) 36,6 mln dollardan ketişi hisobga olinsa, uzunligi 1827 mil (2940 km) bölgan devor narxi 66,9 mlrd dollardan oşadi. Şu tariqa AQŞdagi har bir erkak, ayol va bola devor qurilişi uçun 200 dollardan köproq tölaydi", deb aytilgan hisobotda.

Şu bilan birga, Demokratik partiya hisob-kitoblariga köra, devorni ta'mirlaş va unga xizmat körsatişga har yili 150 mln dollar sarflanişi mumkin". Hisobot mualliflarining fikriça, loyiha devor ötadigan xususiy yerlarni xarid qiliş böyiça köp yillik sud tortişuvlariga olib keladi. 

Avvalroq AQŞ milliy xavfsizlik vazirligi devor qurilişiga 21,6 mlrd dollar sarflanişini ma'lum qilgandi. AQŞ kongressi senatining milliy xavfsizlik va hukumat idoralari işlari böyiça qömitasi rahbari  Ron Jonson esa Isroilning Misr bilan devor qurişiga sarflagan xarajatlariga asoslanib, Meksika çegarasidagi devor 5-8 mlrd dollarga tuşişini aytgandi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 25 yanvarda Meksika bilan çegarada devor qurilişi haqida farmonni imzolagan va uning amalga oşirilişi darhol boşlanişini aytgan. Trampning aytişiça, devor balandligi 15 metrga yaqin bölişi lozim va uning qurilişiga 10-12 mlrd dollar sarflanadi.