Toşkent şahri Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi. «Kun.uz» manbasi ma'lum qilişiça, Toşkent şahri hokimi örinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonoviç endilikda uşbu tuman hokimi sifatida iş boşlaydi.
Rahmonov Toşkent şahri hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi. Ungaça poytaxt hokimining birinçi örinbosari, Mirobod tuman hokimi lavozimlarida işlagan.

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxöjayev qaysi işga ötgani haqida hozirça ma'lumot yöq.
Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri örinbosari Dilmurod Turdiyev Rahmatjonoviç Toşkent şahri Yaşnobod tumaniga hokim bölgani xabar qilingandi.
















