Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi rahbari Abdusamatov Baxtiyor Hasanoviç Toşkent şahri Yunusobod tumani hokimi etib tayinlangan.
U prezident Şavkat Mirziyoyevning mart oyidagi taşrifi davomida işdan olingan Mira'zam Mirqosimovning örnida iş boşlagan.

Abdusamatov Baxtiyor 2013 yildan buyon qömitaga rahbarlik qilib kelayotgandi. U undan oldinroq Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri örinbosari bölib işlagan.
Eslatib ötamiz, 11 aprel kuni mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida ötkazilgan videoselektor yiğilişi vaqtida Abdusamatovga hayfsan berilgandi. U boşqa bir qator rahbarlar qatorida belgilangan talablar va Vazirlar Mahkamasining reglamentini qöpol ravişda buzilişiga yöl qöygani aytilgandi.
Bundan oldinroq xuddi şu majlis vaqtida işdan olingan Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Davron Hidoyatov Çilonzor tumaniga hokim etib tayinlangani xabar qilingandi.
















