Toşkent şahrining Uçtepa tumaniga ham yangi hokim tayinlangan. Şahar hokimiyati saytidagi ma'lumotga köra, endi uşbu tumanga Irgaşev Şavkatbek Turdiyeviç rahbarlik qiladi.
Irgaşev Şavkatbek turli yillarda köp yillar davomida poytaxtning Mirzo Uluğbek tumani hokimi sifatida faoliyat körsatgan.

Uçtepa tumanining avvalgi hokimi Jovdatxon Inoğomov esa lavozimiga tayinlanganiga 4 oy bölmasdan işdan olingan. U şu yilning yanvar oyi boşida tuman hokimi sifatida taniştirilgandi.
18 aprel kuni Toşkentning yana ikki tumaniga yangi rahbarlar tayinlangan. Iqtisodiyot vaziri örinbosari Dilmurod Turdiyev Rahmatjonoviç Toşkent şahri Yaşnobod tumaniga hokim bölgan. Toşkent şahri hokimi örinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonoviç esa Sergeli tumani hokimi etib tayinlangan.
















