Ötgan haftada Şavkat Mirziyoyevning Çilonzor tumaniga taşrifidan söng tuman hokimi Tohir Mirhidoyatov işdan olingandi. Keyingi kunlarda  hokim vazifasini uning birinçi örinbosari Bahrom Karimov bajarib kelgan. Endi esa tumanga yangi hokim tayinlandi.

Işonçli manbaning ma'lum qilişiça, uning örniga 12 aprel kungi videoselektorda Özbekiston Respublikasi prezidenti farmoni loyihasini puxta işlab çiqişdagi şaxsiy intizomsizligi uçun işdan olingan Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Davron Hidoyatov tayinlangan.

Eslatib ötamiz, 12 aprel kuni prezident Çilonzor tumanida nazorat ötkazgan edi. Şavkat Mirziyoyev taşkilotlar hamda mahallalarga taşrif buyurgandi. Taşrif doirasida u 2017—2018 yillar davomida Çilonzor tumanining barça içki yöllarini töliq ta'mirlaş va zamonaviy köp qavatli avtomobil turar joylarini quriş vazifasini qöygan.

11 aprel kuni ötkazilgan videoselektorda yuqori lavozimli amaldorlar iste'foga çiqarilgan va hayfsanlar berilgandi.