AQŞda öqotar qurol bilan boğliq yana bir favqulodda vaziyat yuz berdi: noma'lum kimsa Kaliforniya ştatidagi Fresno şahrida odamlarga öq uzdi. Oqibatda 3 kişi halok bölgan, deb xabar bermoqda mahalliy şerifga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.  

Voqea joyida politsiya iş olib bormoqda, yaqin oradagi köçalar va okrug sudi binosi yopilgan. Ma'lum qilinişiça, gumonlanuvçi qölga olingan va söroq qilinmoqda. U 39 yoşli Qori Ali Muhammad ismli şaxs bölib çiqqan. U avval qotillik ayblovi böyiça qidiruvda bölgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga köra, barça halok bölganlar oq tanli erkaklar bölgan va tasodifiy ravişda otib taşlangan. Jinoyatçi öz jinoyatini irqiy nafratlaniş negizida sodir etgani taxmin qilinmoqda.

Ta'kidlaş joizki, Kaliforniyada bunday favqulodda vaziyatlar tez-tez sodir bölib turadi: kuni-keça Valexo şahrida noma'lum kimsalar keçadan uyiga qaytayotgan ösmirlarni öqqa tutganlar. Oqibatda 9 bola jarohat olgan.

Bir hafta avval esa San-Bernandinoda 53 yoşli erkak boşlanğiç sinflar öqituvçisi bölgan rafiqasini otib taşlagan va uning ikki öquvçisini yaralagan. Söngra öz joniga qasd qilgan. Keyinroq bolalardan biri şifoxonada vafot etgan.