18 aprel kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdöğanni 16 aprel kuni bölib ötgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
"Özbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida özaro hurmat va işonç tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollaşib borayotganidan mamnunligini ta'kidladi va qardoş özbek va turk xalqlari örtasidagi döstona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi poğonaga kötarilişiga işonç bildirdi", — deyilgan Özbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilişiça, Mirziyoyev Turkiya prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas'uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardoş Turkiya xalqiga esa tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan.












