Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği hududida adiblar xiyoboni barpo etiladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidentining tegişli qarori e'lon qilindi. Qaror matni ÖzA saytida keltirilgan.
Qarorda Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy boği mustaqillik yillarida xalqimizning bunyodkorlik salohiyati bilan tobora çiroy oçib borayotgani, 1991 yili Milliy boğ hududida buyuk şoir va mutafakkir Alişer Navoiyning muazzam haykali barpo etilib, ötgan davr mobaynida uluğ ajdodimiz tarannum etgan yuksak gumanistik ğoyalarga hamohang ravişda, aniq me'moriy reja asosida keng kölamli quriliş va obodonlaştiriş işlari amalga oşirilgani qayd etib ötilgan.
Uşbu hududda 2007 yili Özbekiston xalq yozuvçisi Abdulla Qahhor, 2010 yili Özbekiston xalq yozuvçisi Oybek, 2013 yili Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmad va taniqli şoira Saida Zunnunova xotiralariga bağişlab yodgorlik majmualari örnatilgan.
Barpo etiladigan xiyobonda Özbekiston Qahramoni, atoqli olim va jamoat arbobi Ozod Şarafiddinov, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov, Özbekiston Qahramoni, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov va Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bağişlangan yodgorlik majmualari örnatiladi. Şuningdek, xiyobon hududiga Hamid Olimjon haykali (Mirzo Uluğbek tumanida), Zulfiya haykali (Özbekiston davlat san'at muzeyi yonidagi xiyobonda) va Özbekiston xalq şoiri Ğafur Ğulom haykali (Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğida örnatilgan) köçirib ötkaziladi.
Özbekiston Davlat arxitektura va quriliş qömitasi Toşkent şahar hokimligi, Moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Badiiy akademiyasi, Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda bir oy muddatda Özbekiston Milliy boği hududida boğning umumiy körinişi va Alişer Navoiy haykali bilan uyğun ravişda Adiblar xiyobonining yaxlit me'moriy ansambl şaklidagi loyihasini işlab çiqadi va tasdiqlaş uçun kiritadi. Adiblar xiyoboni hududida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi uçun zamonaviy yangi bino quriladi.
Mazkur hududda joylaşgan Özbekiston madaniyati va san'ati körgazmasi binosi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tasarrufiga ötkaziladi va bu yerda doimiy ravişda kitoblar körgazmalari va taqdimotlari, turli adabiy-ma'rifiy tadbirlar ötkaziladigan adabiy markaz taşkil etiladi.












