Volkswagen kompaniyasi Şanhay avtosaloni arafasida bölajak seriyali yangilik haqida tasavvur beruvçi yangi kontseptni oşkor etdi. Bu kupesifat elektr yöltanlamas I.D. Crozz bölib, u tört örinli salon va avtopilotga ega.

Yangilik I.D.’ning xetçbek va minivendan keyin prototiplar seriyasida uçinçiga aylandi. Ular barçasi  elektrokarlar uçun maxsus tayyorlangan MEB negizida yaratilgan. Yöltanlamas dizaynida alohida uslubiy qarorlar qöllangan.

I.D. Crozz’da orqa eşiklar orqaga buriladi, oldingilari esa an'anaviy usulda oçiladi. Har ikki modelda ham markaziy tirgaklar yöq. Yöltanlamasning öziga xos jihati LED çiroqli panoramali tom bölib, uni imo-işoralar yordamida boşqarsa böladi.

Kontsept salonida bosiluvçi tugmaçalar umuman yöq. Minimalistik içki qismda 10,2 dyuymli multimediya majmuasi tasçkrini va diagonali 5,8 dyuym bölgan qurilmalar raqamli paneli bor. Bundan taşqari, sensorli boşqaruv panellari eşiklarda ham joylaşgan. Haydovçilar uçun qöşimça reallik texnologiyasiga ega proyektsion displey ham mavjud.

Yoqilgan avtopilot holatida rul oldingi panelga ötkaziladi. Şu bilan birga, yöltanlamas tomidan avtomobil atrofidagi barça vaziyatni örganiş uçuye lazerli skanerlar kötariladi va nurdiodli optikaning iş rejimi özgaradi.

Kontsept umumiy kuçi 302 ot kuçiga ega bölgan ikkita elektrodvigatel yordamida harakatga keladi. Maksimal tezlik soatiga 180 kilometrga teng.

Pol ostida esa litiy-ionli batareyalar bloki joylaşgan bölib, hajmi 81 kilovatt-soatni taşkil etadi. Yuriş masofasi zaxirasi 500 kilometr bölib, akkumulyatorlarni 30 daqiqa içida150-kilovattli DC quvvatlantiriş qurilmasi yordamida 80 foizga “zapravka” qiliş mumkin.

VW’ning MEB negizidagi birinçi seriyali avtomobili 2020 yilda sotuvga çiqarilişi kerak. 2025 yilga kelib kompaniya har yili millionta elektromobilni sotiş niyatida.