Eron sobiq prezidentining fikriça, AQŞ qurolli kuçlarining Suriyadagi Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga raketa zarbalari berişi Vaşington uşbu inqirozni hal etişning "uruş yöli"ni tanlaganini bildiradi. Euronews telekanaliga intervyu bergan Mahmud Ahmadinajod şunday fikrlarni ilgari surdi. 

"Öylaymanki, janob Tramp öz xalqiga bergan va'dasiga qaramay, uruş yölini tanladi. Men avval ham aytganman, yana takrorlayman, bu uruş AQŞning butun dunyodagi yetakçiligiga barham beradi. Bunday deyişimga köplab sabablar bor", - degan u. 

Sobiq davlat rahbarining aytişiça, Suriya inqirozini hal etiş noharbiy usullar, mamlakat suverenitetini hurmat qiliş va Suriya xalqi manfaatlariga tayanişi kerak.

"Eron, AQŞ, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya – biz barçamiz Suriyada xavfsizlik, tinçlik va muloqotni tiklaşga hissamizni qöşişimiz darkor. Biz Suriya xalqi irodasi qançalik muhim ekanligini tuşunişga yordam berişimiz kerak. Eng muhimi – Suriya xalqining tanlovi. Biz ularning tanlovini hurmat qilişimiz kerak", - degan u. 

Ahmadinajod Eron prezidentligi uçun nomzod sifatida 12 aprelda röyxatdan ötgan.