1987 yilda Braziliyada birdaniga ikkita mamlakat chempionati o‘tkazilgan. Ulardan biri klublar tomonidan tashkil etilgan va unda "Flamengo" g‘olib bo‘lgan. 2-chempionat esa Braziliya futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va unda "Sport Resifi" zafar quchgan. "Flamengo" mamlakatning mutlaq chempioni aniqlanishi kerak bo‘lgan uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortgan.

2011 yilda "Sport Resifi" birinchi taftishdan keyin chempion deb tan olingandi, biroq "Flamengo" 2016 yilda bu qaror ustidan yana bitta shikoyat arizasi topshirgan. Biroq ikkinchi shikoyat ham rad etildi.