Anhor.uz saytida taniqli futbol eksperti Alişer Aminovning «Özbekiston futboli: gözal peşayvon nimalarni tösib turibdi?» sarlavhasi ostida intervyusi e'lon qilindi. Avvalroq ham şu sayt Alişer Aminov bilan intervyu uyuştirgan va suhbat davomida futbolimizdagi oğriqli holatlar tilga olingan edi.

Alişer Aminov futbol jamoatçiligimizga, muxlislarimizga bir qadar taniş şaxs. Keling, uşbu mutaxassisning tarjimai holini yana bir eslab ötsak.

Alişer Anatoleviç Aminov 1962 yilda Toşkentda tuğilib, katta bölgan. Sobiq ittifoq çempionati davrida ikkinçi va birinçi liga klublarida işlagan. Özbekiston savdo vazirligida işlagan. 2008 yilda «Kadrlar riski boşqaruvçi tizimi sifatida kadrlar menejmenti rivoji» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Rossiya futbol ittifoqida futbolni rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş qömitasi tuzilişida boş-qoş bölgan. 

Foto: Alişer Aminov

2010 va 2015 yillarda Rossiya futbol ittifoqi prezidentligi uçun saylovda kuraşgan.

Endi e'tiboringizga intervyuning eng muhim qismlaridan parçalar havola etamiz:

Anhor.uz: - Oldingi intervyungizda özbek futbolidagi holatga tanqidiy baho berib, tizimli xarakterdagi muammolarni oçib taşlagan edingiz. Davlat hokimiyati va futbol jamoatçiligining reaksiyasini kutyapsizmi?

Alişer Aminov: - Hozirça reaksiya yöq. Aynan muloqotning yöqligi, jamoatçilik hali tizimli muammolarni muhokama etişga tayyor emasligini bildiradi. Buning hayron qolarli joyi ham yöq. Futbol sub'yektlari uzoq yillar davomida ÖFF e'tiboridan çetda qolgan, muhim qarorlarning absolyut katta qismi federatsiya prezidenti tomonidan yakka qabul qilingan.

Şularni e'tiborga olib, yana qaytaraman: faqatgina ÖFF faoliyatini demokratlaştiriş, professionallik prinsiplarini joriy etiş, qarorlarni qabul qilişda oşkoralik va jamoaviylik tomon yöl tutiş futbol jamoatçiligi rolini va uning respublika futbol hayotidagi nufuzini oşiradi.

- Şunday fikrlar borki, ÖFF prezidenti Mirabror Usmonov öziga voris etib öğli Jahongirni — futzal assotsiatsiyasi vitse-prezidentini tanlagan emiş...