Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ötkazilgan majlislarda davlat rahbari majlisbozliklarga emas, aksinça, amaliy işlarga köproq e'tibor qaratiş zarurligi, bu davr talabi ekanligi va pirovard maqsad ham şuni belgilaşi haqida juda köp gapirgan. Kun.uz poçtasiga kelayotgan maktublardan birida ham ayrim tumanlardagi hokimliklar va boşqa mutasaddi taşkilotlarda majlisbozliklar hamon avjida ekanligi, bu odamlarga salbiy ta'sir körsatayotgani, belgilangan işlar qolib ketib, yolğon gapirişlar, aldaşlar yuzaga çiqayotgani tilga olinadi. Jumladan, maktubda şunday deyiladi: 

“Andijon viloyatidagi tumanlardan birida direktor bölib işlayman. Keça tonggi oltida maşinamga ötirib, tuman hokimligida ötadigan majlisga qatnaşiş uçun çoğlandim, xuddi meni kimdir majbur qilgandek. Aslida bu vaziyat men uçun majburiy va ixtiyoriy holat bölib qolgan. Borsang bir kun vaqt yöqotasan, bormasang işingni. 

Xullas, saharlab majlisga yöl oldim, yöl-yölakay qöşni maktab direktorlaridan 4 nafarini maşinamga ötkazdim. Soat 07:00da tuman hokimi yiğilişni oçib, bugungi kun bajariladigan vazifa, topşiriqlarni va ötgan kun topşiriqlarining bajarilişi böyiça naq 2 soat gapirdi. Topşiriqlarni oldik va e'tiborlisi yöl çetlariga gul va daraxtlar ötqaziş böyiça alohida buyruq böldi. 

Tuman hokimi yiğilişidan çiqib, soat 09:00da Xalq ta'limi muovini majlisiga kirdik. U yerda ham hokim aytgan gaplar va topşiriqlar takrorlandi. Soat 12dan ötganda sillamiz qurib, tang holatda majlisdan çiqdik-da, tuşlik qiliş uçun töğri kelgan kafega kirdik. Qorin töyib, özimizga keldik, lekin ikki majlisda körilgan masalalar, berilgan topşiriqlar alğov-dalğov holda yoddan çiqdi. Sababi soat 13:00da tuman hokimiyati binosida “Quriliş qömitasi” bölimi boşliği bizni majlis ötkaziş maqsadida intizorlik bilan kutardi. Soat 13:00da yiğiliş boşlandi. Yana öşa vazifa va topşiriqlar 2 soat qayta tuşuntirildi. Soat 16:00, endi hokim buva huzuriga. Bugungi kun tafsilotlari böyiça RAPORT beriş kerak. Juda hayajonli va şarafli majlis. Gerdayib ötiramiz, çunki topşiriqlar söralganda “Buzdik”, “Qurdik”, “Ekdik”, “Yetkazdik”, “Turgazdik” va “Aytganingizdek bajardik”, deb maqtanamiz. 

Şu öylar xayolimdan ötar ekan, yonimdagi (mening hamrohim) maktab direktoridan “Daraxtlar ekilişi nima böldi?” – deb sörab qoldi. Hamrohi ham şart örnidan turdi-da, ikkilanmay “6 dona köçat ötqazildi, qolgan 4 donasini ertaga ertalab ötqazamiz” – deb javob qaytardi. Berilgan javobdan esankirab qoldim - qanday qilib?! “Örtoq, axir ertalabdan beri birga bölsak, qanday qilib 6 dona daraxt ötqazdiz?”,  deb söradim majlisdan çiqqaç.