«Özavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonga yengil avtomobillar yetkaziş böyiça şartnomalar imzoladi. Bu haqda Tojikiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Xabar qilinişiça, «Özavtosanoat» kompaniyasi Tojikistonning «Lesinvest» va «Tajmotors» kompaniyalari bilan yengil avtomobillarni yetkazib beriş böyiça şartnomalar imzolagan. Şuningdek «Gayur» kompaniyasi bilan özaro anglaşuv memorandumi ham imzolandi. Şartnomalar qiymati noma'lum. 

Hujjatlar Duşanbeda öz işini yakunlayotgan Özbekiston sanoat mahsulotlari körgazma-yarmarkasi doirasida imzolandi. Körgazmada «Özavtosanoat» kompaniya korxonalari tomonidan işlab çiqariluvçi 200 dan ortiq nomdagi mahsulotlarni namoyiş etdi.

Körgazma doirasida Özbekiston va Tojikiston SSP örtasida hamkorlik töğrisida kelişuv, TRANSNEFTEGAZ GLOBAL SERVIS va «Gayur» kompaniyasi örtasida anglaşuv va foydali qazilmalarni yetkazib beriş böyiça memorandumlar hamda boşqa qator bayonnomalar imzolandi.