Peterburg metrosidagi portlaş taşkilotçisi sifatida qölga olingan Abror Azimovning akasi Akram Azimov ukasiga körsatma bergan.
«Tergov vaqtida Azimov ukasi bilan birgalikda portlaşga olib keluvçi harakatlarni sodir etganini tan oldi. U ukasiga körsatma bergan»,— deya Moskva sudidagi öqilgan tergov bayonnomasidan iqtibos keltirgan «RIA Novosti». Şu bilan birga Akram Azimov teraktga aloqadorligini rad etgan.
Endilikda u hibsga olinişi mumkin.
Akram Azimov 19 aprel kuni avvaliga Qirğizistondan Rossiyaga deportatsiya qilindi. U köp ötmasdan Moskvada FSB xodimlari tomonidan qölga olindi. U terakt taşkilotçiligi uçun sarflangan mablağni yetkazib berişda gumon qilinmoqda. Bu teraktga xalqaro terrorçi guruhlar aloqadorligi aytilmoqda.
17 aprel kuni Akram Azimovning ukasi Abror Azimov ham Moskvada qölga olingandi. U Peterburgdagi terakt ijroçiligidagi asosiy gumondor Akbarjon Jalilovni teraktga tayyorlagani gumon qilingan.
FSB tomoşasi. Azimov Öşda qölga olingan, keyin Moskvada boşqatdan qölga olingan












