21 aprel kuni Toşkent şahrida bölib ötgan "Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-çorak yakunlari" anjumanida bir qator vazirlik va idoralar vakillari şu kunga qadar öz yönalişlarida Strategiya böyiça amalga oşirilgan işlar böyiça hisobot berişdi. Xususan davlat va jamiyat tizimini takomillaştiriş yölida qanday aniq işlar qilingani ma'lum qilindi:

  • Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qöşma qaroriga asosan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari tomonidan joylardagi haqiqiy ahvolni örganişning samarali tizimi yölga qöyildi;
  • Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholaş böyiça Çora-tadbirlar dasturi loyihasi işlab çiqildi;
  • "2017 yilda jurnalistlarning kasbiy malakasi va amaliy könikmalarini oşiriş dasturi" qabul qilindi;
  • Har bir tuman (şahar)da jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini körib çiqiş böyiça "Xalq qabulxonalari"ning samarali faoliyati yölga qöyildi.