2017 yil 19 aprel kuni Buxoro viloyatida profilaktika inspektorlari, özini özi boşqariş organlari, “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati, şuningdek, viloyat içki işlar boşqarmasi va hokimiyati mutasaddi rahbarlari iştirokida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari polkovnik A.Boboxonov raisligida Respublika Prezidenti farmon va qarorlarining tarğiboti böyiça kengaytirilgan davra suhbati bölib ötdi.
Unda A.Boboxonov Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi PF-5005-sonli “Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonining mazmun-mohiyati, maqsadi va undan kelib çiqadigan ustuvor vazifalarni iştirokçilar e'tiboriga yetkazdi.
Yiğiliş söngida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.











