«Mançester Yunayted» futbol klubi Yevropa ligasining ¼ finali javob uçraşuvida «Anderlext» ustidan ğalaba qozonib (2:1 qöş. vaqtda), öz uyida barça musobaqalardagi mağlubiyatsiz seriyasini 26 öyinga qadar yetkazib oldi (17 ğalaba, 9 durang).
Bu «MYu»ning 2011 yildan beri eng yuqori körsatkiçi hisoblanadi. Öşanda ser Aleks Fergyuson boşçiligidagi «qizil iblislar» «Old Trafford»da 37 bellaşuvda mağlubiyatga uçraşmagan.
«Mançester Yunayted» öz tarixidagi bunday körsatkiç böyiça rekordni 1998/99 yilgi mavsumda örnatgan – 45 bahs.












