Bugun, 21 aprel kuni Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi – AIBA tomonidan ötkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida iştirok etayotgan Uzbek Tigers boksçilari S guruhidagi sönggi uçraşuvini Patriot boxing team jamoasiga qarşi ötkazadi.

Rossiyaning Perm şahrida taşkil etiladigan bahslarda har ikki jamoa ham asosan iste'dodli yoş boksçilarni sinovdan ötkazişga qaror qilgan. 

Patriot boxing team - Uzbek Tigers uçraşuvida ringga çiqadigan boksçilar orasida eng tajribalisi 81 kilogramm vazn toifasida mezbonlar vakili Pavel Silyagin hisoblanadi. Bu boksçi 2 yil davomida WSB turnirida mağlubiyatsiz iştirok etgan va ketma-ket 7 jangda zafar quçgan. Biroq, Pavel joriy mavsumdagi ilk jangida qozoğistonlik Arman Risbekka yutqazib qöydi.

Pavel Silyaginga qarşi ringga çiqadigan Özbekiston vakili Madiyor Saidrahimov nufuzli turnirdagi debyutini nişonlaydi.

Sport.uz naşri baholaşiça, özbekistonlik boksçilar orasida ösmirlar örtasida jahon çempioni Mirzobek Hasanovning imkoniyatlari yuqori sanalmoqda. Bu boksçi ötgan yili Uzbek Tigers safida 3ta jang ötkazib, ikki kuçli raqibini mağlub etgan va bitta jangda yutqazgan.

Mirzobekning raqibi Artyom Suslenkov esa turnirdagi birinçi jangini ötkazadi.

Umuman olganda esa, Uzbek Tigers a'zolaridan Mirzobek Hasanovdan taşqari Abrorjon Qodirov WSB turnirida iştirok etiş tajribasiga ega. Tarkibdan örin olgan uç boksçi - Uluğbek Dösmurodov, Madiyor Saidrahimov va Odiljon Aslonov debyut jangini ötkazadi.

Patriot boxing team vakillari orasida faqatgina Artyom Suslenkov "yangi" boksçi hisoblanadi. Qolgan boksçilar - Vyaçeslav Taşkarakov, Konstantin Bogomazov, Artyom Zaytsev, Pavel Silyagin öz jamoasi tarkibidagi uçraşuvlarda zafar quçgan.

Uzbek Tigers’ning rossiyaliklar vakillariga qarşi ringga çiqadigan boksçilari:

-52 kg: Abror Qodirov — Vyaçeslav Taşkarakov
-60 kg: Uluğbek Döstmurodov — Konstantin Bogomazov
-69 kg: Odil Aslanov — Artyom Zaytsev
-81 kg: Madiyor Saidrahimov — Pavel Silyagin