Tuapse. Ukraina 1 mayga ötar keçasi Krasnodar ölkasining Tuapse şahriga navbatdagi marta zarba yölladi. Region operativ ştabiga köra, dengiz terminali hududida yonğin çiqqan. Olovni öçiriş uçun 100 dan ortiq kişi va 40 dan ortiq texnika jalb etilgan. Rasmiylar heç kim yaralanmagani haqida ma’lum qilgan.
Ukrainadagi Exelinova+ monitoring pabligi xabar qilişiça, terminal hududida neft mahsulotlari saqlanayotgan bir neça rezervuar yonib ketgan. Guvohlar tomonidan olingan kadrlarda Tuapse osmonida quyuq qora tutun kötarilganini köriş mumkin.

AFP / Scanpix / LETA
Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratev Ukrainaning Tuapse böylab yangi zarbasi yuzasidan munosabat bildirmadi. Uning telegram-kanalida 1 may bayrami munosabati bilan tabrik e’lon qilingan, gubernator ölka aholisiga ularning xonadonida «doimo tinçlik, ezgulik va farovonlik hukm surişi»ni tilagan.
Ukraina sönggi haftalarda muntazam ravişda Tuapseni öqqa tutmoqda. 16 apreldan buyon ukrain dronlari Tuapsedagi dengiz terminali va uşbu terminal bilan bitta kompleks tarkibida bölgan mahalliy neftni qayta işlaş zavodiga bir neça bor hujum qilgandi. Şaharda keng kölamli yonğinlar çiqqan, har bir holatda olovni öçiriş uçun bir neça kundan vaqt sarflangan. Neftni qayta işlaş zavodidagi oxirgi yonğin 30 aprel kuni, navbatdagi zarba yöllanişi arafasida öçirilgandi.
Neft obektlarida çiqqan yonğinlar tufayli Tuapsedagi ekologik vaziyat keskin yomonlaşgan: şaharga bir neça bor «neft yomğiri» tuşgan, daryo va dengizda neft mahsulotlari qoldiqlari aniqlangan (ularni yiğiştirib oliş işlari davom etmoqda). Neftni qayta işlaş zavodidagi sönggi yonğin vaqtida köçalarga qaynab turgan neft sizib çiqqan.
Perm. Öt öçiruvçilar Perm şahri va uning taşqarisida 29 va 30 aprel kunlari «Transneft» va «Lukoyl» kompaniyalari obektlariga yöllangan zarbalar oqibatida çiqqan yonğinlarni öçirişda davom etmoqda.
Mahalliy «Perm 36,6» telegram-kanalida e’lon qilingan foto va videolarda şahar osmonini qora tutun qamrab olgani aks etgan. Jurnalistlarga köra, şahar yönalişini özgartirgan va endi tutun Perm ölkasining janubiy rayonlari tomon yönalgan. «Perm aholisi biroz yengil tortdi: hid yoki yöqoldi, yoki kamaydi», – deya yozadi kanal mualliflari. Şu bilan birga, Permda «neft yomğiri» yoğişi davom etmoqda.













