30 aprel kuni Ukraina Permga dronlarning yopirilma hujumini amalga oşirdi – bu holat qatorasiga ikkinçi kun kuzatilmoqda. Perm – Rossiyaning aholi soni milliondan oşiq bölgan şaharlari orasida ön beşinçi örinda bölib, Rossiya va Ukrainaning rasmiy çegarasidan qariyb 1400 kilometr masofada joylaşgan.

Tongda Perm ölkasida dronlar hujumi xavfi e’lon qilinib, mahalliy aeroport bir neça soatga yopib qöyildi. Havo hujumidan ogohlantiruvçi sirenalar işga tuşdi, televideniye orqali ham xavf haqida ogohlantirişlar berildi.

Bir neça oliy ta’lim muassasalari, xususan, Perm davlat universiteti hamda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining (REU) mahalliy filialida darslar onlayn formatga ötkazildi. Şu bilan birga, maktablar va bolalar boğçalarining katta qismi işlaşda davom etgan: dronlar hujumi xavfi rejimi vaqtida bolalar yölaklarda va sport zallarida yaşirinişgan. Bundan taşqari, şaharda jamoat transporti faoliyatiga özgartirişlar kiritilgan hamda 1 mayga rejalaştirilgan salyut bekor qilingan.

OSINT-pabliklar ma’lumotiga köra, dronlar nişoni Rossiyaning eng yirik neftni qayta işlaş zavodlaridan biri bölmiş «Lukoyl-Permnefteorgsintez» (PNOS) bölgan; keyinroq bu ma’lumotni Ukraina xavfsizlik xizmati ham rasman tasdiqladi. Uşbu zavod Rossiyada neftni qayta işlaş hajmi böyiça sakkizinçi örinda turadi.

Astra naşri aniqlik kiritişiça, dronlar rezervuar parkiga kelib urilgan. Korxonada kuçli yonğin boşlangan, u yerda kötarilgan tutun ustuni şaharning barça nuqtalaridan körinib turibdi. Sun’iy yöldoş tasvirlariga köra, tutun 120 kilometr masofaga çözilgan.

Rasmiylar esa şaharda röy berayotgan voqealar haqida deyarli ma’lumot bermayapti. Mintaqadagi hududiy xavfsizlik vazirligi tafsilotlarni keltirmasdan, Perm «ostonasida» «bir neça» dron urib tuşirilgani haqida xabar bergan.

Perm, 2026 yil 30 aprel
Perm, 2026 yil 30 aprel

Perm ölkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bugun öz telegram-kanalida «sanoat maydonçalaridan biriga» qilingan hujum haqida birgina xabar qoldirgan, şu bilan birga, regionda dronlar hujumi oqibatlari aks etgan foto va videolarni e’lon qiliş taqiqlanganini alohida qayd etgan. Perm şahri meri Eduard Sosnin esa hujum yuzasidan heç qanday munosabat bildirmagan. RF prezidenti matbuot kotibi RF Dmitriy Peskov ham har kungi brifingida Permdagi vaziyatga töxtalmadi.