Ukraina qurolli kuçlari 29 aprelga ötar keçasi Perm ölkasiga hujum qildi. Region gubernatori Dmitriy Maxoninning sözlariga köra, şahar çekkasidagi Perm munitsipal okrugida joylaşgan sanoat hududu zarba ostida qolgan. Korxona hududida yonğin çiqqan, işçilar evakuatsiya qilingan, yaralanganlar yöq, deya ma’lum qilgan ölka rahbari.
Ukrainadagi Exilenova+ telegram-kanali hamda Rossiyaning Astra naşri ma’lumotiga köra, «Transneft» kompaniyasiga tegişli bölgan obekt hujumga uçragan. Ma’lum bölişiça, bu Başkultayevo qişloği yaqinidagi «Perm» işlab çiqariş-dispetçerlik stansiyasi bölib, undan magistral quvurlar orqali neftni qabul qiliş, saqlaş va uzatiş uçun foydalaniladi. Bu Perm – Almetevsk neft quvurining bir qismi bölib, stansiya «Transneft — Prikame» kompaniyasiga tegişli hisoblanadi, deya yozadi «Agenstvo». Aynan mazkur stansiya zarbaga uçragani rasman tasdiqlanmagan. Şu bilan birga, FIRMS sun’iy yöldoş monitoringi loyihasi ma’lumotlari bu joyda yonğin sodir çiqqanini körsatadi. Guvohlarning sözlariga köra, dronlardan biri yaqin atrofdagi Mokino qişloğiga qulagan.

Yonğin tufayli Perm osmonini quyuq qora tutun qopladi.

Guvohlarning aytişiça, şaharga «neft yomğiri» ham tuşgan, natijada avtomobillar, binolar derazalari, kiymlar va odamlarning terisida qora doğlar paydo bölgan. «Perm 36,6» telegram-kanali yozişiça, mazkur holatga qaramay, Permdagi maktablar va bolalar boğçalari odatiy rejimda işlaşda davom etgan.
Ukraina dronlari 29 aprelga ötar keçasi Orenburg oblastiga ham hujum qilgan. Region gubernatori Yevgeniy Solnsev rasmiy xabarida faqat bir neça sanoat korxonalari zarbaga uçragani, jabrlanganlar yöqligini aytgan.
Astra naşri aniqlaşiça, Orskdagi «Orsknefteorgsintez» neftni qayta işlaş zavodiga hujum qilingan. FIRMS ma’lumotiga köra, zavod hududida yonğin yöq, ammo Orsk yaqinidagi Novotroitskda (bu yerda «Uralskaya stal» kompaniyasi işlab çiqariş korxonasi joylaşgan) yirik alanga kuzatilgan. Bu yonğin dronlar hujumi bilan boğliqligi aniq emas.
Mahalliy politsiya Qozoğiston ğarbidagi Aqtöbe oblastida (Orenburg oblasti bilan çegaradoş) qulagan dron parçalarini aniqlagan. Uşbu parçalar aholi yaşaş manzilidan taşqariga qulagan.













