Rossiya prezidenti Vladimir Putin undan keyingi prezidentni faqatgina xalq tayinlaşini aytdi. Putin Kremlda "Pobeda" taşkiliy qömitasining yiğilişida özining vorisi haqidagi gapga şu tariqa munosabat bildirdi.
"Prezident vorisini Rossiya xalqi demokratik saylovlar asosida tanlaydi va boşqa heç kim emas", deb aytdi Putin Afğonistondagi uruş nogironlari Umumrossiya taşkiloti vakili Andrey Çepurniyning gaplariga javoban.
Ikkinçi jahon uruşining nişonlanişiga tayyorgarlik körişga bağişlangan yiğilişda Çepurniy öz taşkilotiga göyoki Federatsiya kengaşi mudofaa qömitasining rahbari birinçi örinbosari Frants Klintseviç tomonidan taşkillaştirilayotgan muntazam tekşiruvlardan şikoyat qilib, Klintseviç göyoki Putinning vorisi sifatida Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodinni aytganini ta'kidlab ötdi.
Putin Çepurniyning Klintseviç uruş faxriylari taşkilotini "yöq qilişga" urinişlari yuzasidan bildirgan e'tirozlariga bu mojaro haqida birinçi marta eşitayotganini aytgan va uni hal qilişga va'da bergan. "Fikrimça, afğon uruşi faxriylarini "tugatamiz" qabilidagi gaplar bilan qörqitib bölmaydi. Gap nimadaligini bilişga harakat qilib köraman", deb qöşimça qilgan Putin va öz ma'muriyati boşliği birinçi örinbosari Sergey Kiriyenkoga bu vaziyat bilan şuğullanişga körsatma bergan.
Klintseviçning özi esa Putinning vorisi sifatida Volodinni aytgan-aytmaganini biliş maqsadida berilgan savolga "Men nima telbaga öxşaymanmi?", deb javob qaytargan.












