Şanghay motorşousi – Xitoydagi eng “qadimiy” avtomobil körgazmasi bölib, u 32 yildan beri ötkazib kelinadi. 2017 yilda avtosalonga 18 davlatdan bölgan kompaniyalar taşrif buyurdi. Ular körgazmaga bir yarim ming avtomobillarni olib kelişdi hamda ular 360 ming kvadrat metrlik hududda namoyiş etildi. «Motor» 15ta eng yorqin premerani tanlab oldi va ularni bir galereyaga jamladi.
Citroen C5 Aircross
Yangi seriyali Citroen yöltanlamasi – bu 4,5 metrlik uzunlik, modulli şassi, «progressiv gidravlik yostiqçalar»ga ega bölgan ilgaklar, oldingi örindiği massajli va 12,3 dyuymli ekranga ega elektr qurilmalar panelidir. Unda töla uzatmali gibridli kuç qurilmasi va oddiy old uzatmali 120 dan 180 ot kuçiga ega motorlar versiyasi böladi.
Citroen C5 Aircross
Avvalgi C5 Aircross – bu Xitoy bozoriga möljallangan avtomobil. Biroq 2018 yilning oxiridan u Yevropada ham paydo bölişi ehtimolga yaqin.
Opel Grandland X
«Opel» yangi modeli xaridorlar uçun Nissan Qashqai bilan kuraş olib bormoqçi. U PSA Peugeot Citroen guruhidagi modulli şassida qurilgan va Grip Control tizimi bilan jihozlangan. U fransuz yöltanlamaslarida töla uzatmali transmissiya örniga işlatiladi.
Opel Grandland X
Kuç qurilmalari va transmissiyalar haqida batafsil ma'lumot yöq, biroq Opel Rossiyada ham paydo bölişi mumkin.
Lexus NX
NX yöltanlamasini restaylingdan söng radiator yangi panjarasi va modernizatsiya qilingan oldingi bamper orqali yaxşi tanib oliş mumkin. Şuningdek şassi qayta sozlandi va LC 500’dan adaptiv ilgak paydo böldi.
Mavzuga oid
Lexus NX
Kuç qurilmalari borasida hammasi avvalgidek qolgan. Ayni damda yöltanlamas 150 va 238 ot kuçiga ega motorlar, şuningdek, gibridli versiyada taklif etilişi mumkin.
BMW M4 CS
CS nusxasi – bu eng kuçli «EmTörtlik» bölib, u ayni damda xarid qiliş mumkin. U 460 kuçli uç litrli «oltitalik» tvin-turbo va yetti poğonali «robot» bilan jihozlanadi. Bu maşina uçun «mexanika» taklif etilmaydi.
BMW M4 CS
Kupe «yuzga» 3,9 soniyada çiqişi mumkin. Maksimal tezlik soatiga 280 kilometr bilan çeklangan. CS Nyurburgringdagi aylanani 7 daqiqayu 38 soniyada bosib ötdi – oddiy «emka»dan 14 soniyaga tezroq. Germaniyada bunday maşina 116 900 yevro turadi.
Mercedes-Benz A Sedan Concept
«Mersedes»ning ixçam modellari şunday körinişga ega böladi. Ular orasida keyingi avloddagi «A-Klass» sedani ham bor. Darvoqe, u modulli şassiga ega böladi hamda keyingi yilda paydo böladi.
Mercedes-Benz A Sedan Concept
Bölajak «Mersedes»lar taşqi qiyofasiga kelsak, eng öziga xos jihatlardan biri vertikal taxtaçalarga ega bölgan yirik radiator panjarasidir.
Skoda Vision E Concept
Volkswagen konserni Şanghayga birdaniga uçta kontseptual kupe-yöltanlamasni olib keldi, ulardan har birining yuriş masofasi zaxirasi 500 kilometrni taşkil etadi. Skoda kompaniyasi esa bunday variantni tayyorladi: 306 kuçli elektr kuç qurilmasi, litiyli batareyalar va «yuzga» olti soniyada çiqiş.
Skoda Vision E Concept
Maşina avtopilotga ega, u töxtaş joylarni qidirişi, haydovçining nigohini kuzatişi va hattoki yurak urişini hisoblaşi mumkin. Favqulodda holatda, masalan, yurak xurujida, elektronika boşqaruvni öziga oladi, maşinani yöl çetida töxtatadi va qutqaruv xizmatini çaqiradi.
Volkswagen ID Crozz
«Folksvagen»dan kupe-yöltanlamas variantining öziga xos jihatlari buriluvçi orqa eşiklar, markaziy ustunning yöqligi va avtopilotdir, u yoqilsa rul oldingi panelga joylaşadi. Kuç qurilmasi – 302 kuçli. Maksimal tezlik – soatiga 180 kilometr.
Volkswagen ID Crozz
Elektr tortişli «Folksvagenlar» uçun alohida modulli negiz işlab çiqildi. Birinçi seriyali elektrokar 2020 yilda paydo böladi. 2025 yilga kelib esa kompaniya har yili million dona elektromobildan sotişni rejalaştirgan.
Audi e-tron Sportback
Bu ham şunçaki şou-kar emas. «Sportbek» - bu rejalaştirilgan uçta elektr modeldan ikkinçisi. Audi ularni 2020 yilda bozorga çiqarmoqçi. Avvaliga kattaroq yöltanlamas, keyin esa «Sportbek»ning özi (2019 yilda) va undan söng ixçam şahar avtomobili paydo böladi.
Audi e-tron Sportback
Prototip 435 ot kuçiga ega elektr kuç qurilmaga ega bölib, u qisqa muddatli quvvatni oşiriş rejimida (10 soniyaga) 503 ot kuçini berişi mumkin. Yöltanlamas «yuzga» 4,5 soniyada çiqadi.
Mercedes-Benz S-Class
Yangilangan «Mersedes» taşqi qiyofasi biroz özgartirildi va salonga uç kegayli sensorli panellarga ega rul qöşildi. Bundan taşqari, maşinada zamonaviy avtopilot bor bölib, u boşqa avtomobillar va infratuzilma obektlari bilan muloqot qilişi mumkin.
Mercedes-Benz S-Class
4.7 «sakkiztalik» va 5.5 motor tört litrli qurilma bilan almaştirildi, u S 560 nusxasida 469, S 63’da esa – 612 ot kuçini beradi. Bunday variantlardan sönggisi sedanga «yuzni» 3,5 soniyada oliş imkonini taqdim etadi.
Lynk & Co 01
Lynk & Co – Volvöga egalik qiluvçi Xitoyning Geely kompaniyasiga tegişli marka. Bu fotosuratda – bu «Link»ning birinçi seriyali modeli bölib, «volvo» şassisida qurilgan. Avtomobillar şved işlab çiqaruvçisidan motorlarni oladi, ular içida gibridli kuç qurilmasi ham bor.
Lynk & Co 01
Yöltanlamas uçun 1,5 litrli uç silindrli quvvati 182 kuçga ega motor, 240 kuçli tört silindrli 2.0 agregati va 223 kuçli ulanuvçi gibrid taklif etiladi. Xitoyda model 18,9 ming dollar turadi.
Lynk & Co 03
Sedan hozirça faqat kontsept hisoblanadi, biroq u seriyali variantga yaqin kontseptdir. Unda qurilma bazasi xuddi yöltanlamasdek. «Link»ning barça maşinalari aniq belgilangan hajmda, internet orqali, umrbod kafolat va Tarmoqqa bepul kiriş imkoni bilan sotiladi.
Lynk & Co 03
Kompaniya an'anaviy moliyaviy dasturlar bilan birga, karşering dasturi va maxsus sxemalarni ham tayyorlaydi. Bunda uning egasi faqatgina avtomobildan foydalaniş uçun haq tölaydi, xolos.
Renault RS 2027 Vision Concept
«Reno» kompaniyasining poyga avtomobillari 2027 yilda qanday bölişi kerakligiga oid fantaziyasi. Işlab çiqaruvçi töla uzatmali, gibridli kuç qurilmasi, yopiq kokpit va avtopilotli bolidni öylab topdi.
Renault RS 2027 Vision Concept
Bu prototipning kuç qurilmasi 1341 kuçni beradi. Uning tarkibiga turbinali «oltilik», ikkita elektromotor va KERS kinetik quvvat rekuperatsiya tizimi kiradi.
Nio ES8
Bu avtomobilni 1360 kuçli Nio EP9 giperkarini öylab topgan yigitlar işlab çiqişdi. Bu safar ular yetti örinli yöltanlamasni yaratişdi, u 2018 yilda işlab çiqarila boşlanadi.
Nio ES8
Beş örinli yöltanlamasda alyuminiyli şassi va kuzov, old va orqa öqlarda elektromotorlar hamda bateriyalarni tez almaştiriş tizimi bor. Texnik xususiyatlar haqida ma'lumot yöq.
BMW 5-Seies Li
BMW yangi «beşligi» varianti Xitoy uçun maxsus işlab çiqildi. Bu ğildirak bazasi 133 millimetrga çözilgan modifikatsiya.
BMW 5-Seies Li
«Limuzin» uçun tovuş ötkazmaslik tizimi yaxşilandi, multimediya tizimiga ega monitorlar örnatildi, tirsak qöyiluvçi joyga sensorli planşet va panoramali şişa tom qöyildi.
Chevrolet FNR-X Concept
Chevrolet kontseptual yöltanlamasi faol aerodinamika bilan ajralib turadi. Ular orasida – spoylerlar joylaşuvi, radiator panjarasidagi teşikçalar va disklardagi qalqonçalar harakat rejimiga mos ravişda sozlanadi.
Chevrolet FNR-X Concept
Şuningdek maşinada avtopilot bor. U umumiy foydalanişdan taşqarida bölgan yöllarda ham işlaşi mumkin. Bundan taşqari, qöşimça reallikka ega tasvirni beruvçi proyektsion displey ham bor.
Qoros K-EV
Bu prototip Qoros kompaniyasi tomonidan Koenigsegg giperkarlar işlab çiqaruvçisi bilan hamkorlikda yaratildi. Avtomobil asimmetrik kuzov (haydovçi tomonida bitta eşik, yölovçi tomonida esa – ikki eşik örnatilgan), karbonli monokok va törtta umumiy quvvati 870 ot kuçi bölgan elektromotorga ega.
Qoros K-EV
Maşina «yuzga» 2,7 soniyada çiqadi. Maksimal tezlik – soatiga 260 kilometr. Yuriş masofasi zaxirasi 480 kilometrga teng.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi