2017 yil 21 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi “Interpol” milliy markaziy byurosi binosida “Içki işlar organlari tizimida amalga oşirilayotgan tub islohotlar yuzasidan” OAV vakillari uçun brifing ötkazildi. Brifing maqsadi haqida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirining örinbosari Boboxonov Akromxon izoh berib ötdi.
Unda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 aprel kuni qabul qilingan 5005-sonli “Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni va 12 aprel kungi 2883-sonli “Içki işlar organlari faoliyatini yanada takomillaştiriş böyiça taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori;
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 18 aprelda qabul qilingan “Içki işlar organlarining jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi va “Içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini tubdan takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori yuzasidan axborotlar va şarhlar berildi.

Şuningdek, matbuot brifingida IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi boşqarma boşliği Uluğbek Adilov, IIV Xorijga çiqiş keliş va fuqarolikni rasmiylaştiriş boşqarmasi boşliğining örinbosari Uluğbek Toşxöjayev, Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi Matbuot bölinmasi katta inspektori Mansurjon Rixsiyev, IIV Faxriylar kengaşi a'zosi, iste'fodagi polkovnik Ötkir Jörayevlar ma'ruza qilib, içki işlar organlarida ötkazilayotgan tub islohotlar, uning mamlakatimizda tinçlik-osoyiştalikni mustahkamlaşda muhim axamiyat kasb etişini ta'kidladilar.
Mustaqillikning ilk yillarida sohada tub islohotlar ötkazilib, içki işlar organlarini jazolovçi, nazorat qiluvçi organdan xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiladigan tuzilmaga aylantiriş böyiça samarali işlar amalga oşirildi. Uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi sifatida içki işlar organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlaş, ularning vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini qonun darajasida belgilaş, içki işlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilişni yanada kuçaytiriş maqsadida ötgan yilning sentabr oyida “Içki işlar organlari töğrisida”gi Qonun qabul qilindi.
Biroq, fuqarolarning içki işlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini örganiş – mazkur Qonun talablarini amaliyotga joriy etiş imkoniyatlari, şuningdek, sohada hamon öz yeçimini kutayotgan köplab muammo va masalalar mavjudligini körsatdi.













