Kaliforniyada yuk maşinasi haydovçisining e'tiborsizligi tufayli "Nissan Maksima" rusumli yengil avtomaşinani ildirib, uni avtomagistral uzra tortib harakatlandi. Yuk maşinasi haydovçisining aytişiça, u buni bilmagan. Voqeani yuk maşinasi yonida ketayotgan boşqa bir avtomobil haydovçisi tasvirga olgan. 

"Ular maşinani tortib ketmoqda. Ular nima bölayotganini tuşunişmayapti", — deya izohlagan voqeaga şohid bölgan Brayan Steymke.

U sudralib ketayotgan maşinaga yetib olganida, undagi haydovçi yuk maşinasi töxtamayotganini aytgan. Biroz vaqtdan söng, yuk maşinasi haydovçisining e'tiborini jalb qilişning uddasidan çiqildi. 

"Bu bola seni maşinanga ilinib qolgandi", — degan Steymke yuk maşinasi haydovçisiga. U bunga javoban bundan xabardor emasligini aytgan.
 
Politsiya ma'lumotlariga köra, sabzi olib ketayotgan yuk maşinasi boşqa maşinani quvib ötayotgan vaqtda yengil maşinani ildirib olgan. "Nissan" haydovçisi yengil jarohat olgan, biroq tibbiy yordamga murojaat qilmagan.