Insonga atigi bir marta beriladigan umrni orzuga erişiş yölida ezgu amallar bilan şunday yaşamoq darkorki, hayot intihosida ötkazilgan umrguzarolikdan kişida attang qolmasin!
Kör-körona havoyi havasga berilib, sabr va qanoatni unutib, osongina boylik orttiriş ilinjida mehr va taskinni özining ota-onasi va yaqinlaridan emas balki, unga yetti yot begona bölsada bir lahzada şirin sözlari bilan köngildan joy ola biladigan şaxslarga işonib ketayotgan nodonlar uçrab turibdi. Aynan öşa kaltafaxmlar bugungi kunda turli nayranglarning, qolaversa, «odam savdosi» deb atalgan jirkanç illatning qurboniga aylanmoqdalar.
Sadoqat Xudoyorova ham agarda özining or-nomusini, qadr-qimmatini oyoq osti qilmasdan, qiz bola nomiga isnod keltiruvçi odatlardan yiroqlaşganida, balkim kimningdir suyukli yori, kimlarningdir mehribon kelini bölarmidi. Taassufki, u özining yoş umrini köça kuyda daydib, otasining mağrur boşini egib, qaddini bukdi, ğam-ğussalarning oğriqli yuklarini kötarolmagan otasi uni uyidan haydab, mahallada şarmisor bölişdan, qizining benomusligidan or qildi.
Öz uyidan haydalgan qiz özining taniş-bilişlari bilan guldek yoşligini köngiloçar maskanlarda ötkazib, ayş-işratga mukkasidan berildi.
Şu tarzda maqsadsiz daydib yurgan kunlarining birida Vobkent tumanida istiqomat qiluvçi Zulayho Şirinova uning boşini silab, öz uyidan joy beradi. Zulayho Şirinova köngil xuşlaşni ixtiyor etgan yigitçalarni iltimosini yerda qoldirmay ularga özining taniş qizlarini tortiq qilaverib, özining hojatbarorligi bilan Vobkent tumanida «Zuli» nomi bilan tanilgan. Sadoqat Xudoyorovaning köngilxuşlikka moyilligini ilğagan ayol qisqa vaqt içida u bilan opa-singil tutinib, özining doimiy mijozlari bilan taniştiradida, «yangi oyimça»ni benomuslar bozoriga pullay boşlaydi.
Unga qönğiroqlaşib uyida yaşayotgan Sadoqatni bir soatga yoki bir keçaga olib ketadigan şakarguftorlik şinavandalari oldindan Sadoqat uçun atalgan va kelişilgan pulni berib uni visol manziliga olib ketardilar....
...Dubay. Dunyoning eng azim va gözal şaharlaridan biri. Musulmon davlatlarining közgusi. Özining bahavo va şinam joylari, osmonöpar imoratlari bilan jahon ahlini lol qoldirgan jannatmakon şahar. Lekin hozirda bu şahar nomini eşitgan aksariyat kişilar u yerni mutlaqo boşqaça talqin qilişi sir emas. Sababi şundaki, öşa yerda ham nomi qurğur pul va boylik deya har qanday razillikka qöl urayotgan, qiz va juvonlarni aldab ularni fahş yölga boşlayotgan, ozoda şahar nomini turli tuban qilmişlari bilan bulğayotgan «dallol»lar uçrab turibdi.












