Dunyodagi eng oğir ayol deb hisoblab kelingan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy öz vaznining deyarli yarmini taşlay oldi va uzoq yillardan beri ilk marta ötira oldi. Ayolning vazn taşlagandan keyingi körinişi videosini The Daily Mail naşri namoyiş qildi.
"U baxtliroq va qomatliroq körinmoqda. U nihoyat nogironlar aravaçasiga ötira oldi va özgalarning yordamisiz ötirişni örgandi. Vaholanki, 3 oy avval bu haqda orzu ham qilib bölmasdi", deb aytdilar ayolni davolayotgan şifokorlar.
Ayol Misrdan Hindistondagi şifoxonaga olib kelinganda vazni yarim tonnadan oğirroq kelgan. 36 yoşli ayol hozir 245 kilogrammdan köproq vazn taşladi va ozişda davom etmoqda.
Ayol ortiqça vaznni jiddiy kasalliklar sababli orttirib olgan. U bolaligidan fil kasalligi va bezlarning yaxşi işlamasligidan aziyat çekib kelgan. Bundan taşqari, u insultni boşdan keçirgan va 25 yoşida yotib qolgan.
2017 yil fevralda ayolga mumbaylik şifokor Muffazal Lakdavala yordam berişga tayyorligini bildirgan. Imon Mumbayga maxsus jihozlangan samolyotda keltirilgan. Mart oyida unda oşqozonni dastlabki ölçamidan 15 foizga kiçraytiriş böyiça operatsiya ötkazilgan va bir qism yoğ olib taşlangan.

















