«Biz poytaxtimizda ötkazilayotgan özbek mahsulotlari körgazmasiga bordik va barçasini öz közimiz bilan kördik. Şuningdek, özimiz nimaga qarab intilişimiz lozimligini ham tuşunib yetdik», — deb yozadi Tojikistonning Asia-Plus media guruhi muxbirlar.
Duşanbe şahrida sönggi 25 yil içida ilk bor Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarning körgazma-yarmarkasi taşkil etildi. Mamlakatimizdagi köpçilik uçun bu juda kutilmagan hol böldi: odamlarimiz tösatdan eng yaqin qöşnimiz mustaqillik yillarida nimalarga erişganidan voqif bölişdi. Körişdi va oh tortib yuborişdi...
Körgazmaga sanoatning turli jabhalari — maşinasozlik, yengil sanoat, farmatsevtika, oziq-ovqat, tekstil va boşqalariga doir 160 işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlarini körgazmaga keltirişgan.
Barça mahsulotlar çeklangan miqdorda olib kirilgan — özbek işbilarmonlari öz eksponatlarini sotişni emas, Tojikistonda biznes-hamkorlar topişni maqsad qilişgan edi.
Körgazmaning oçiliş marosimi boşlanişidan avval «Poytaxt-90» majmuasi oldi odamlarga tölib ketdi. Körgazmaga hattoki mamlakatning boşqa hududlaridan ham odamlar kelişgan ekan.
- Körgazma haqida eşitib, keçaning özida Qumsangirdan öğlimning poytaxtdagi uyiga mehmonga keldim, — deydi Murodillo bobo. – Fermer xöjaligimiz bor, farzandlarim bilan birga işlaymiz. Men qöşnilarimizning qişloq xöjalik texnikasiga qiziqayapman.
- Narxlar kutganimdan arzonroq bölib çiqdi — 4,5 ming dollar atrofida, — deydi Mahmadullo.
…Körgazma oçilişidan bir soat avval san'at ustalari iştirokida konsert uyuştirildi, karnay-surnay sadolari ostida kimlardir raqsga ham tuşib ketdi. Mana şunday bayramona muhitda Duşanbe özbekistonlik mehmonlarni kutib oldi.
Tomoşa qilişga arzigulik narsa köp edi
Körgazmani oçar ekan, Tojikiston Respublikasi investitsiyalar va davlat mulklari qömitasi raisi Fayziddin Qahhorzoda ötgan yilda Tojikiston va Özbekiston örtasidagi mahsulot aylanmasi 2015 yilga nisbatan 5,7 martaga oşib, qariyb 70 million dollarga yetganini aytib ötdi.
Mavzuga oid
Tojik-özbek munosabatlarining yangi bosqiçi haqida Özbekistonning Tojikistondagi elçisi Şoqosim Şoislomov ham gapirib ötdi: «Biz ilk bor bunday katta desant — 400 dan ortiq kişi bilan Tojikistonga kelib, mustaqillik yillarida yaratişga erişgan narsalarimizni körsatmoqdamiz», — dedi u. Diplomatning qayd etişiça, özbek işbilarmonlari Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning kiçik bir qismini keltirişgan. «Biz jahonda işlab çiqarilayotgan har qanday narsani özimizda hattoki yaxşiroq sifatda işlab çiqara olişimizga amin bölasizlar», — deya qöşimça qildi u yana.
Haqiqatdan ham, bu yerda tomoşa, havas va hasad qilişga arzigulik narsalar bisyor edi.
«Poytaxt-90» majmuasida «Made in Uzbekistan» yorliqli 1500 dan ortiq mahsulotlar körgazmaga qöyilgan ekan. Aniqlanişiça, mustaqillik yillarida qöşnilarimiz öz kuçlari bilan önlab modeldagi zamonaviy televizorlar, smartfonlar, sovutgiçlar, gaz plitalari, avtomobillar, avtobuslar, traktorlar, paxta teriş kombaynlari işlab çiqarişni özlaştirişibdi! An'anaviy kosibçilik, yengil, tekstil, oziq-ovqat, parfyumeriya, farmatsevtika sanoati mahsulotlarini sanab ötirişga ham hojat yöq. Bularning barçasi yuqori sifat va arzon narxlarda taqdim etilmoqda.
Özbekiston mahsulotlari Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarboyjon, Qozoğiston va boşqa davlatlarda keng tarqalgani bejiz emas ekan. Endi navbat bizga ham yetganga öxşaydi. Taşkilotçilarning sözlariga köra, köplab tojik işbilarmonlari özbekistonlik işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlik bitimi imzolaşga xohiş bildirişgan.
Söz — körgazma qatnaşçilariga
Adhamjon Isomov, «Özbekneftgaz» milliy holding kompaniyasining taşqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qiliş boşqarmasi boş mutaxassisi:
- Biz ikki kundan beri körgazmada qatnaşayapmiz, yuqori darajadagi taşkilotçilik va xalqning çinakam qiziqişini alohida qayd etişim kerak. Bizning «Özbekneftgaz» kompaniyamiz — neft mahsulotlari va gaz işlab çiqaradi. Biz geologik qidiruv, qazib oliş va quduqlarni qaziş bilan şuğullanişdan tortib, iste'molçini tayyor yoqilği bilan ta'minlaş bilan şuğullanamiz. Odamlar kelib, biz işlab çiqarayotgan mahsulotlarga qiziqişlarini namoyiş etişmoqda va juda yoqimli. Hozirça biz umumiy ma'lumotlar, kontaktlar töplayapmiz, bozoringizni örganayapmiz. Tojikiston bozorining salohiyati nafaqat bizning kompaniyamiz, bugun bu yerda iştirok etayotgan Özbekistonning barça firma va taşkilotlari uçun juda yuqori ekanligini juda yaxşi bilamiz.
Zafar Nuriddinov, Jurabek Laboratories Ltd kompaniyasi eksport böyiça menejyeri:
- Kompaniyamizga 15 yil bölgan. Biz yuqori sifatli, xavfsiz medikamentlar işlab çiqaramiz. Sönggi marta Tojikistonda 10 yil avval bölganmiz. Munosabatlarimiz yomonlaşganligi sababli bu bozorni tark etiş juda qayğuli bölgan. Endi esa biz qaytmoqdamiz va bu bizning ilk körgazmamiz. Özimiz bilan 100 dan ortiq mahsulot turini keltirganmiz. Özbekiston bozorida biz infuzion liniyalar va ampula preparatlari işlab çiqariş hajmi böyiça yetakçi hisoblanamiz. Biz körgazmada iştirok etayoganimizdan xursandmiz, u juda dabdabali, juda köplab kompaniyalar qatnaşmoqda. Biz allaqaçon Tojikistonning yirik ulgurji farmatsevtika kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşişga ulgurdik, ularning barçasi biz bilan hamkorlik qiliş uçun tayyor. Umid qilamanki, bu uzoq muddatli hamkorlik böladi.
Mirşod Halimov, DeLuxe Fabric (Buxoro) firmasi direktori:
- Biz Buxoro va Urgançdan mahsulotlar olib keldik. Fabrikamizning boş korpusi Buxoroda joylaşgan, u yerda mahsulot işlab çiqarilib, «Urganç-Baxmal» korxonasida böyaladi. Tikuv sexi ham öşa yerda joylaşgan. Duşanbega assrortimentimizning 500 dan ziyod turini olib keldik: ular çoyşablar, römollar va hokazolardan iborat. Biz tojik işbilarmonlari bilan uzoq hamkorlik qilişimizga işonamiz. Ulgurji savdogarlar bilan şartnomalar imzolaşni istaymiz. Bizga mahsulotlarimizni şu yerda sotadigan hamkorlar kerak. Biz muzokaralar olib bormoqdamiz, biroq bojxona yiğimlari va soliqlar borasida kiçik muammolar çiqayapti. Umid qilamizki, har ikki davlat rahbariyati bunga e'tibor qaratib, biznes yuritişni yanada yengil qilişadi. Kelajakda birgalikda işlab çiqariş haqida öylab köriş ham mumkin.
Botir Umarov, Artel kompaniyasining eksportni rivojlantiriş va taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça menejyeri:
- Bu mening Duşanbega ikkinçi xizmat safarim. Ilk marta bu yerga ötgan yili kelgan edim. Bugungi körgazma meni çuqur taajjubga soldi, mahsulotlarimizga tojik xalqining bu qadar qiziqişini kutmagan edim. Aniqlanişiça, Tojikistonda köpçilik allaqaçon mahsulotlarimizdan foydalanar ekan. Biz bundan faxrlanamiz, albatta. Bizning kompaniyamiz sifatli maişiy texnikalar — sovutgiçlar, kir yuviş maşinalari, peçlar, televizorlar işlab çiqaradi. Özbekiston böylab 25 ta zavodimiz bor.
Biz allaqaçon Xöjand va Duşanbeda ikki diler bilan şartnoma imzolab böldik. Biz uçun tojik bozori qiziqarli, biz bu yerdagi iştirokimizni kengaytirmoqçimiz.
Nafisa Raximova, duşanbelik tadbirkor:
- Mening dökonim bor va Özbekistondan matolar yetkazib beruvçini izlamoqdaman. Mahsulotlar juda sifatli. Erim asli samarqandlik. Agar viza rejimi yumşatilsa, biz jon deb şu şaharga borgan bölar edik. Bugungi körgazma biz bir birimizni qançalik soğinganimizni körsatib berdi! Qizim ham körgazmada iştirok etmoqda, özi işlaydigan firma nomidan özbek biznesmenlari bilan muzokara olib bormoqda. Bugun men uçun unutilmas bayram!
Körgazmadan keyingi öylar
Duşanbeliklarda körgazmaga taşrif bir biriga zid hissiyotlar qoldirdi, köpçilik uçun u haqiqiy syurpriz böldi. Bir tomondan odamlar özbek mahsulotlarining sifatidan hayratga tuşişdi, qöşnilarning mustaqillik yillarida qölga kiritgan şunday yutuqlaridan xursand bölişdi. Ikkinçi tomondan, körgazmaga taşrif odamlarda özimizning iqtisodiy modelimiz böyiça tabiiy savollarni vujudga keltirdi. Şu yillar içida biz sanoatni rivojlantiriş böyiça qanday yutuqlarga erişdik? Bugun jahon bozorida raqobatbardoş bölgan qanday mahsulotni eksport qila olamiz?
Tuşunarli, bizda fuqarolar uruşi yuz bergan, xalq xöjaligini tiklaşga uzoq yillar ketgan, bu omillarning barçasi taraqqiyotimiz sur'atlariga öz ta'sirini ötkazmay qolmagan. Lekin uruşdan söng 20 yil ötdi-ku, şu yillar içida nimalar qildik? Nimalarga erişdik? Qöşnilarimizning tajribasidan qanday xulosa çiqarişimiz mumkin?
Umid qilamizki, bunday savollarni nafaqat oddiy duşanbeliklar, balki mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanişi uçun mas'ul bölganlar ham özlariga berib körişadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi