Bugun, 21 aprel kuni Toşkent şahar Olmazor tumani hokimi Bahodir Ğoibnazarov işdan olingan. Bu haqda «Kun.uz» manbalari xabar bergan.
Manbaga köra, hokimdan taşqari tuman prokurori, soliq idorasi boşliği va içki işlar bölimi rahbari ham işdan olingan. Hozirça ularning örniga tayinlangan yangi xodimlar borasida ma'lumotlar yöq.
Ma'lumot uçun, Prezident Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi bilan yaqindan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 21 aprel kuni Olmazor tumaniga taşrif buyurgandi.
Eslatib ötamiz, bungaça, hafta boşida Toşkent şahrining 6ta tumanida (poytaxtda jami 11ta tuman mavjud) — Yunusobod, Çilonzor, Mirobod, Yaşnobod, Uçtepa va Sergeli tumanlarida ham rahbar törtlik özgartirilgandi.

















