18-19 aprel kunlarida Toşkent şahridagi 11 tumandan 6tasida yangi hokimlar iş boşlagani ma'lum böldi. E'tiborli jihati, tumanlarda şu vaqtgaça yuqori lavozimlarda faoliyat körsatgan nomlar iş boşladi.
Xususan, Davlat raqobat qömitasining sobiq raisi Davron Hidoyatov poytaxtning Çilonzor tumaniga, Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi bölgan Baxtiyor Abdusamatov Yunusobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Iqtisodiyot vaziri örinbosari Dilmurod Turdiyev Yaşnobod tumani hokimi böldi.
Toşkent şahar hokimining örinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonoviç Sergeli tumaniga hokim böldi.
Köp yillar davomida Mirzo Uluğbek tumani ma'muriyatini boşqargan Şavkatbek Ergaşev esa Uçtepa tumaniga yangi rahbar sifatida tayinlandi.
«Özbekiston temir yöllari» AJ tarkibiga kiruvçi Toşkent mexanika zavodining sobiq boşqaruv raisi — boş direktor lavozimida işlagan Şuhrat Pölatov Mirobod tumanini boşqaradigan böldi.
Hozirça hokimlarning yoppasiga işdan olinişiga rasmiy izohlar berilmayapti va avvalgi hokimlarning keyingi faoliyati haqida ham aniq ma'lumot aytilmayapti. Lekin tusmol qiliş mumkinki, hokimlarning faoliyati qoniqarsiz baholanib, işdan olinişida virtual qabulxona hamda xalq qabulxonalariga yöllanayotgan murojaatlar kölami asosiy sabab bölişi mumkin. Ya'ni, rahbarlar fuqarolarning murojaatlariga javoban e'tiborsizlik körsatilişi tufayli işdan olinmoqda.
Ekspert Toşkent şahridagi tumanlar hokimlari yoppasiga almaştirilişi, vazirlik darajasidagi amaldorlarning quyi lavozimlarga tuşirilişi borasida fikr bildirib ötgan.

















