Şu kunlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi qömitalarida tuzilgan işçi guruhlarida bir qator muhim qonun loyihalari quyi palataning navbatdagi majlisi muhokamasiga kiritiş uçun tayyorlanmoqda, deb xabar beradi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi axborot xizmati.
Xususan, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi mas'ulligida ekspertlar, mutaxassislar va fuqarolik jamiyati instituti vakillarini jalb etgan holda birinçi öqişga tayyorlanayotgan Jinoyat va Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi yangi qonun loyihasi qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda.
Qonunçilik palatasi deputati, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi a'zosi Alişer Hamroyev kiritilayotgan özgarişlarning mazmuni, ahamiyati va zaruratini izohlab berdi:
– Ma'lumki, oxirgi vaqtlarda uçuvçisiz boşqariladigan qurilmalarni qöllaş bilan boğliq havo hududidan ruxsatsiz foydalaniş holatlari dunyo miqyosida köpaymoqda. Mazkur qurilmalarni masofadan turib uzoqda joylaşgan operator boşqarişi mumkin. Şu bois, bunday holatlar parvozlar xavfsizligiga, alohida qöriqlanadigan obektlarning qöriqlaş tizimiga, fuqarolar soğliği va hayotiga, şu bilan birga, davlat xavfsizligiga jiddiy xavf tuğdirişi mumkin. Bundan taşqari, xorijiy mamlakatlarda uşbu qurilmalarning odamlar yiğilgan joylarga qulab tuşişi, aerodromlar hududlarida ruxsatsiz uçib havo kemalari bilan töqnaşiş holatlari insonlar ölimiga sabab bölişi ehtimoldan xoli emas.
Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan yangi norma Özbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalanişni çeklaydi. Ya'ni, havo hududidan sanksiyasiz foydalangan şaxslarning jinoiy va ma'muriy javobgarligini belgilaş böyiça milliy qonunçiligimizni töldiradi. Uşbu loyihaning muhimligi şundaki, bizning amaldagi qonunçiligimizda şu kunga qadar uçuvçisiz boşqariladigan qurilmalar, havo kemalari va boşqa uçuvçisiz apparatlar parvozi, moddiy obektlarning samoviy hududdagi harakati bilan boğliq boşqa faoliyatni amalga oşirişda havo hududidan ruxsatsiz foydalanganlik uçun jinoiy va ma'muriy javobgarlik normalari mavjud emas edi.
Afsuski, yurtimizda bir qator hukumat qarorlari qabul qilinişiga qaramasdan, bu kabi qurilmalarni qöllaş bilan boğliq havo hududidan ruxsatsiz foydalaniş holatlari davom etmoqda. Endilikda Özbekiston Respublikasining samoviy hududidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş, şu jumladan uçuvçisiz uçiş apparatlari bilan foydalaniş ma'muriy va jinoiy javobgarlikni keltirib çiqaradi.












