Bugun, 21 aprel kuni Xalqaro havaskor boksçilar uyuşmasi – AIBA tomonidan ötkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida iştirok etayotgan Uzbek Tigers boksçilari S guruhidagi sönggi uçraşuvini Patriot boxing team jamoasiga qarşi ötkazdi.

Keyingi bosqiçga yöllanmani qölga kiritib bölgan jamoa Permga ikkinçi tarkibni olib ketgandi. Bu tarkib 2:3 hisobida mağlub böldi.

52 kilogrammgaça bölgan vazndagi sportçilar örtasidagi bellaşuv ötkazildi. Özbekistonning bu vazndagi vakili Abrorjon Qodirov Patriot Boxing Team jamoasi a'zosi Vyaçeslav Taşkarakov ustidan işonçli ğalabaga erişdi. Hakamlar Abrorjon Qodirovning 3:0 hisobidagi ğalabasini qayd etişdi.

60 kilogrammgaça bölgan bokcchilar örtasidagi jangda esa Rossiya vakili ustun keldi. Uzbek Tigers a'zosi Uluğbek Döstmurodov Patriot Boxing Team jamoasi a'zosi Konstantin Bogomazovga yutqazdi.

69 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi bahsda esa Özbekistondan Odil Aslanov Artyom Zaytsevga qarşi ringga kötarilib, imkoniyatni boy berdi - 1:2.

Jamoalarning 81 kilogrammgaça bölgan boskçilari bahsida ham ruslar vakili ustun keldi. Madiyor Saidrahimov Pavel Silyaginga mağlub böldi - 1:3.

Tur doirasidagi sönggi jang +91 kg vaznda Uzbek Tigers a'zosi Mirzobek Hasanov Patriot Boxing Team Artyom Suslenkov örtasida bölib ötdi.

Hakamlar bir ovozdan Mirzobek Hasanovning ğalabasini qayd etişdi - 48:47, 49:46, 48:47.

Şu tariqa Uzbek Tigers guruh bosqiçini 2:3 hisobidagi mağlubiyat bilan yakunladi.