WikiLeaks taşkiloti AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasining "Yiğlayotgan farişta" dasturidan foydalaniş yöriqnomasini çop etdi. Bu haqda taşkilotning rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Maqolada aytilişiça, maxfiy dastur Samsung F Series köp funksiyali televizorlaridan tinglovçi qurilma sifatida foydalaniş uçun işlab çiqilgan. Avvalroq WikiLeaks dastur televizor içiga örnatilgan mikrofon yordamida audioyozuv olib borib, söngra ularni MRBga jönatişga imkon berişini oşkor qilgandi.
Ta'kidlanişiça, bu dastur MRB tomonidan Britaniyaning MI-5 kontrrazvedka xizmati yoramida yaratilgan. Ma'lum qilinişiça, dastur uçun asos sifatida Britaniyada avvalroq yaratilgan "Tarqaliş" deb nomlangan dastur olingan.
7 mart kuni WikiLeaks MRB tomondan qöllanuvçi kiberhujum usullari haqida ma'lumotlarni çop etişni boşladi. Bu ma'lumotlarga köra, MRB mobil telefonlar yordamida kuzatuv olib borişga imkon beruvçi hamda butun dunyo böylab smartfonlarga kira oluvçi texnologiyalarni işlab çiqqan. Smartfonlarga kira oluvçi texnologiyalar, jumladan WhatsApp va Telegram messenjerlaridagi audiotrafik va elektron xabarlarni öqişga imkon bergan.












