Buyuk Britaniya 21 aprel kuni butun kun davomida elektr energiyasini işlab çiqişda kömirdan foydalanmadi. Bu holat Londonda birinçi markazlaşgan kömir generatori işga tuşirilgan 1882 yildan beri ilk şunday vaziyatga aylandi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si National Grid elektr energiyasi operatoriga asosan.

Bunga qadar mamlakatda kömirsiz töxtovsiz energetika davri 19 soatga teng bölgan. U 2016 yilning mayida ilk bora yuz berdi hamda 2017 yilning 20 aprel kuni qaytarildi.
“Sanoat inqilobi boşlanganidan beri kuzatilgan ilk kömirsiz bir kun energetika tizimini özgarişda keskin buriliş davriga aylandi. Buyuk Britaniyada juda turfa va moslaşuvçan elektr manbalardan foydalaniladi. Bizning energetika tizimimiz özgarişda davom etmoqda va National Grid bu özgarişlarga moslaşib bormoqda”, - dedi National Grid vakili Kordi ÖHara.
Kömir mamlakat energetika ta'minotida 1990 yillarga qadar juda muhim örin tutgan, biroq sönggi yillarda undan foydalaniş miqdori ança qisqardi. Sababi köplab kömir zavodlari yopildi yoki yoğoç ğölalar va boşqa bioyoqilğilardan foydalanişga ötib olişdi. 2016 yilda elektr quvvati işlab çiqarişda kömirning uluşi 9 foizni taşkil etgan bölsa, 2015 yilda bu körsatkiç 23 foizga teng edi.
Buyuk Britaniyada oxirgi çuqur kömir koni 2015 yilning dekabrda yopildi. “Ön yil avval kömirsiz kun keçiriş umuman tasavvurga ham siğmas edi, yana ön yildan söng esa bizning energetika tizimimiz keskin ravişda özgaradi”, - deya aytib ötdi Greenpeace UK vakili Xanna Martin.
2025 yilga qadar Britaniya hukumati atmosferaga çiqarilayotgan zararli moddalar hajmini kamaytiriş maqsadida mamlakatning kömirda işlayotgan elektr stansiyalarini bosqiçma-bosqiç yopiş yoki faoliyat turini özgartirişni rejalaştirilgan.












