KXDR poytaxti Pyongnyang aeroportida 21 aprel kuni kelib çiqişiga köra koreyalik bölgan AQŞ fuqarosi qölga olingan. Bu haqda Yonhap agentligi manbaga asoslanib xabar berdi.
Qölga olingan şaxsning faqat familiyasi ma'lum — Kim.
U Xitoydagi Yanbyan universitetining sobiq professori bölgan.
U bir oy davomida KXDRda Şimoliy Koreyaga yordam körsatiş dasturi böyiça faoliyat olib borgani aytilmoqda. Uning hisbga olinişi sababi hozirça ma'lum emas.
Agentlik xabarida qayd etilişiça, 2009 yildan buyon KXDRda qölga olingan AQŞ fuqarolari soni 10 nafardan ortdi.











