Rim papasi Frantsisk Tibr orolidagi Avliyo Varfolomey ibodatxonasida ötkazgan ibodat vaqtida Yevropada Yaqin Şarq va Afrika davlatlaridan kelgan muhojirlar uçun möljallangan markazlarni "konslagerlar" deb atadi.
"Qoçqinlar uçun bu markazlar, ulardan köplari konsentratsion lagerlar hisoblanadi, körinişiça xalqaro kelişuvlar inson huquqlaridan muhimroq hisoblangani uçun odamlar bilan tölib-toşgan", deb aytdi papa.
Frantsisk Gretsiyadagi qoçqinlar lagerida tanişgan bunday qoçqinlardan birining voqeasini hayajon bilan gapirib berdi. Özi asli musulmon bölgan bu qoçqinning aytişiça, uning nasroniylikka e'tiqod qiluvçi rafiqasi xoçni taşlaşni istamagani uçun öldirilgan. Erkakning aytişiça, uning suyukli rafiqasini uning köz oldida vahşiylarça öldirişgan.
Katolik çerkovi rahbari unga bu erkakning keyingi taqdiri, "u bu konslagerdan boşqa joyda boşpana topiş uçun çiqib keta olgani-olmagani" qoronği ekanligini qöşimça qilgan.

















