Saudiya qiroli o‘z o‘g‘lini AQShga elchi etib tayinladi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz al-Saud mamlakatning Vashingtondagi elchixonasiga yangi rahbar tayinladi. Yangi elchi qirolning o‘g‘li shahzoda Holid bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.
"Shahzoda Abdulloh ibn Faysal ibn Turkiy AQShdagi elchilikdan olindi. Yangi elchi etib shahzoda Holid ibn Salmon ibn Abdulaziz tayinlandi", deb aytilgan qirol farmonida. Shahzoda Abdulloh bu lavozimni bir yildan sal ko‘proq vaqt egallagan.
Jamoatchilik aloqalari bo‘yicha Saudiya-AQSh qo‘mitasi rahbari Salmon al-Ansoriyning ma'lum qilishicha, shahzoda Holid Saudiya Arabistoni harbiy-havo kuchlarining IShIDga qarshi koalitsiya operatsiyalarida ishtirok etuvchi uchuvchisi hisoblanadi.
Yangi elchi qirol tomondan 22 aprelda amalga oshirilgan bir qator lavozim o‘zgartirishlar doirasida tayinlandi. Qirol davlat xizmati va armiya qo‘mondoni ishlari bo‘yicha vazirni, axborot vazirini o‘z lavozimidan ozod qildi, milliy xavfsizlik markaziga asos soldi va mamlakatning bosh investitsion boshqarmasiga yangi rahbar tayinladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kim Chen In rahbarligi ostida harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Jahon | 17:46
-
O‘zbekiston korporativ sport assotsiatsiyasi tashkil etildi
Sport | 17:25
-
Putin To‘qayevning otasini Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni bilan taqdirladi
Jahon | 17:23
-
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
O‘zbekiston | 16:59
Mavzuga oid

12:41
Tramp Kiyevning 30 kunlik sulh g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

11:51
AQSh Britaniya bozoriga eksportni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

09:32
YeI AQShga avtomobillar va samolyotlarga bojlar bilan tahdid qilmoqda

21:37 / 08.05.2025