Xalqimiz orasida köçat ekib, nihol östiriş – xayrli işlardan biri sanaladi. Şundan kelib çiqqan holda 22 aprel "Soçnaya Dolina" SB özining an'anaviy "Soçnyy Taşkent" (“Obod Toşkent”) aksiyasini ötkazdi. Mazkur tadbir kattalar va bolajonlarga birdek manzur bölib, şanba kunini maroqli ötkazişlariga öz hissasini qöşdi. 
 

Xayrli iş sari olğa...

Bugun soat 11:30da “Obod Toşkent” aksiyasida iştirok etiş istagida bölganlar Ucell boş idorasining röparasidagi avtomobillar turar-joyida yiğilişdi. “Soçnaya Dolina”ning maxsus avtobuslari esa barça iştirokçilarni "Green Park" köngiloçar va istirohat boğiga olib keldi.

“Hamjihatlikda hikmat köp”

Şunisi quvonarli ediki, bu aksiyada iştirok etayotganlarning aksariyat qismini bolajonlar taşkil etdi. Ular öz ota-onalari, buvi va buvalari bilan birgalikda daraxt köçatlarini ekib, savobli işga qöl urişdi. Kun kelib, uşbu köçatlar ösib, meva berib, atrofga salqinlik ulaşadi. Şuningdek, bu kabi xayrli işlar şahrimiz çiroyiga yanada körk qöşişiga yordam beradi. 

Mehnat – mehnatdan kelar rohat!

Yuqoridagi maqol bejiz tilga olinmadi. “Soçnaya Dolina” SB aksiya iştirokçilariga ajoyib dasturxon hozirlab qöygan edi. Barça köçatlar ötqazib bölingaç, iştirokçilarimizga ajoyib tuşlik - eng mazali palovlar maskani - OşMakon’dan töyona oş tortiq qilindi. Şuningdek, tadbir davomida barçaga “Soçnaya Dolina”ning eng mazali şarbat hamda içimliklari ulaşildi. 

Bugungi kun tadbir iştirokçilari uçun bir söz bilan aytganda, ham maroqli, ham bir umr yodda qoluvçi sanaga aylandi. Nima uçun deysizmi? Sababi, ular ötqazgan köçatlar yillar ötib, katta daraxtga aylanganida, öz işlaridan mamnun bölişadi. 

“Obod Toşkent” aksiyasi iştirokçilarining fikrlari bilan örtoqlaşamiz: