Qabristondan topilgan pullar Toşkentdan ham emas, Nigeriyadan ham emas, balki Ekvadordan topilgani ma'lum böldi. Katta qiymatdagi pullar aynan Ekvadordan topilgani haqida The Republican News naşri xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu suratlar ançayin şov-şuvga sabab bölgandi. Köplab foydalanuvçilar bu pullar Özbekistonda, garaj içidan topilganini ta'kidlaşgan edi. Biroq barça şov-şuvlar va tasdiqlar “soxta” xabarligiça qoldi.

Toşkent şahar IIBB tomonidan ötkazilgan brifingda ana şu miş-mişlarga oydinlik kiritilgan, boşqarma boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev mazkur surat fotomontaj ekanligi, Toşkentda bunday holat aniqlanmaganligini ma'lum qilgandi.

Bu pullar nafaqat Özbekiston, balki Nigeriyada ham “maşhur” bölib ketdi. Sababi, Nigeriyaning Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlarining rasmini fotoşop yordamida kesib olib, pullar topilgan qabriston suratini joylagan. Natijada, internet böylab "12 million dollar Nigeriyadan topildi", degan xabarlar ommalaşib ketgandi.
Aslida esa bu pullar Ekvador politsiyasining xalqaro giyohvand moddalar oldi-sotdisini bartaraf etiş böyiça amalga oşirgan maxsus operatsiyasi natijasida topilgan. Bu haqida Ekvador politsiyasi özining rasmiy tvitter sahifasida ham xabar bergan.












