Fransiyadagi prezidentlik saylovida Parij vaqti bilan soat 12:00 holatiga köra, ekzitpollarning ilk natijalari e'lon qilindi.
Belgiyadagi RTBF telekanali ma'lumotiga köra, exit polls (saylov uçastkasidan çiqişdagi fuqarolar örtasidagi ijtimoiy sörov) mamlakatning sobiq iqtisodiyot vaziri, «Marşda» harakati asosçisi Emmanyuyel Makron ustunlikka erişayotganini körsatgan. Uning natijasi 24 foizga teng bölib turibdi. Ikkinçi örinda «Milliy front» yetakçisi Marin Le Pen — 22 foiz, uçinçi örinda sobiq boş vazir, «Respublikaçilar» partiyasi vakili Fransua Fiyon — 20,5 foiz, törtinçi örinda esa «Böysunmagan Fransiya» harakati vakili Jan-Lyuk Melanşon — 18 foiz.
Bundan oldinroq 22 aprel kuni Fransiyaning dengiz orti hududlarida ötkazilgan saylov natijalariga köra, Melanşon ustun kelgani haqida xabar berilgandi.













