Boks böyiça xalqaro boks seriyasiga kiruvçi (WSB) musobaqalarining çorak finaliga qur'a taşlandi. Unga köra Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Uzbek Tigers jamoasi özining raqibini bilib oldi.

Taşkilot rasmiy tvitteri bergan ma'lumotga köra Uzbek Tigers çorak finalda Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarşi jangga çiqadi. 

Çorak finalning qolgan juftliklari quyidagiça köriniş olgan:

Italia Thunder - Colombia Heroicos
Russian Patriots - Astana Arlans
Fighting Roosters - British Lionhearts

Çorak finalning birinçi janglari 12-13 may kunlari bölib ötadi. Javob uçraşuvlari esa 19-20 mayga belgilangan.

Agar Uzbek Tigers jiddiy raqibga qarşi ikkitalik jangda ğalaba qozonsa, yarim finalda Italia Thunder - Colombia Heroicos juftligi ğolibiga qarşi ringga kötariladi.

Yarim final uçraşuvlari 9-10 va 23-24 iyunga möljallangan. Final 31 iyun va 1 iyul kunlari bölib ötadi.