2018 yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Afrikaning Gana, Keniya va Malavi davlatlarida bezgakdan (malyariya) dunyodagi ilk vaksinani sinovdan ötkazmoqçi. Vaktsinani 4 marta: uçta dastlabkisini har oy va 4-vaksinani 18 oydan keyin kiritiş kerak böladi.

Vaktsina laboratoriya şaroitlarida muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan bölsa-da, real şaroitlarda uning qöllanişi qanday natija berişi noma'lum. Şuning uçun vaksina avval bir neçta davlat aholisidagina sinaladi, bu emlaşning xavfsizligi va samaradorligi haqida xulosalar çiqarişga va keyingi harakatlar tartibini öylab çiqişga imkon beradi. 

Dastlabki sinovda 5-17 oylik 750 mingdan köproq bola iştirok etadi. Ulardan yarmi emlanadi, ikkinçi yarmi nazorat guruhi sifatida iştirok etadi. Vaktsina evaziga bu yoş guruhida 10 ta bezgak holatidan 4 tasining oldini oliş, oğir holatlar miqdorini 30 foizga kamaytiriş va yotib davolaniş yoki qon quyiş talab etiladigan bolalar sonini kamaytiriş rejalaştirilmoqda.