Özbekiston Respublikasi Ma'naviyat va ma'rifat Kengaşi Respublika Ma'naviyat tarğibot markazi huzuridagi “Ma'naviyat tarğibotçisi” ta'lim muassasasining muassisligida çop etilgan “Ma'naviyat tarğiboti” nomli kitobning taqdimoti bölib ötdi. 

Tadbirda taniqli siyosiy şarhlovçi Qobilbek Karimbekov va ÖzMU dotsenti Tölqin Eşbeklar iştirok etişdi. Filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov tomonidan yaratilgan uşbu kitob barça ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma'naviy va ma'rifiy jarayondagi masalalarni keng jamoatçilikka yetkaziş usullari bilan boğliq ma'lumotlarni öz içiga olgan. 

Xalq bilan muloqotning muhim manbai nutq orqali röyobga çiqişini bilgan har bir tarğibotçi inson qalbiga yöl ta'lim va tarbiyadan boşlanişini çuqur idrok etadi. Ta'lim nutqiy, tarbiya esa xulqiy madaniyatni taqozo etişi aniq. Muallif kitobda xuddi şu masalalarga diqqat-eʼtiborini qaratgan. Şuningdek, kitobda har qanday ma'naviyat tarğibotçisi öz fikrini sodda, ravon, aniq va mantiqiy tarzda yetkazişi uçun notiqlik mahoratidan qanday foydalanişi borasida ibratli mulohazalar örin olgan. Tarğibot ta'sirçanligi taraqqiyot talabi, ma'ruzaçi maqsadi – hayotiylik, ilmiylik, ta'sirçanlik, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ta'lim-tarbiya ta'sirçanligining muhim omili ekani, “Ğoyamiz-himoyamiz” ijtimoiy-ma'rifiy, intellektual loyihaning tub mazmuni, tarğibot-taşviqotda notiqlik san'atining örni, nutq mahorati saboqlari, ma'naviyat – ezgu niyat kabi bölimlarda bugungi davr talab etgan mavzular borasida söz boradi. 

Ayni paytda kitobga “Ma'naviyat tarğibotçisi” ta'lim muassasasida muayyan mavzular böyiça saboq berayotgan yirik mutaxassis va olimlarning ma'ruza matnlari ham muxtasar şaklda ilova qilingan.