Niderlandiyalik fermerlar aprel oyi oxiri yaqinlashishi bilan lola g‘unchalarini kesish jarayoniga tayyorgarlik ko‘ra boshlashadi. Natijada maydonda yorqin ranglar o‘rniga faqatgina poya va qurib qolgan o‘simliklar qoladi, deb xabar bermoqda Reuters. Keyinchalik gullar yana o‘sib chiqadi.
Agentlikning ta'kidlashicha, chetdan kuzatib turgan inson uchun g‘unchalarni kesish juda ham bema'ni va yovvoyilarning ishiga o‘xshab ketadi, aslida esa bu gullarni parvarishlashning bir usuli xolos: o‘simlik bor quvvatini yer ostida joylashgan ildizga beradi. Yoz o‘rtalarida ildizni yig‘ishadi va sotishadi, bu ularni kuzda yana ekish maqsadida qilinadi.
Quyida Niderlandiyaning Den-Helderida joylashgan yorqin ranglarga boy maydonlar tasvirlangan fotosuratlar taqdim etiladi.

Fermer Den-Helderda gullarni kechish chog‘ida, Niderlandiya, 2017 yil 22 aprel

Den-Helderdagi maydonda traktor, Niderlandiya, 2017 yil 22 aprel

Ferma xodimlari Den-Helderda lolalarni kesish chog‘ida, Niderlandiya, 2017 yil 22 aprel

Fermer Den-Helderda gullarni kechish chog‘ida, Niderlandiya, 2017 yil 22 aprel

Den-Helderdagi lolalar maydoni, Niderlandiya, 2017 yil 22 aprel























